Prezident Markaziy bank boshqaruvi raisi lavozimiga Timur Ishmetov nomzodini Oliy Majlis Senatiga taqdim etdi.
Ishmetov bunga qadar Prezidentning iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari boʻyicha maslahatchisining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.
Avvalroq Senat Kengashi Prezident taqdimnomasiga muvofiq Mamarizo Nurmuratovni egallab turgan lavozimidan ozod etish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling