Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Markaziy bank raisiga uch nafar o‘rinbosar tayinlandi

Jumladan, Nodirbek Achilov Markaziy bank raisining o‘rinbosari etib tayinlandi. 

Markaziy bank raisiga o‘rinbosarlar tayinlandi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi.

Jumladan, Nodirbek Achilov Markaziy bank raisining o‘rinbosari etib tayinlandi. U tayinlovga qadar Monetar operatsiyalar departamentiga rahbarlik qilgan.

Shuningdek, Sanjar Nosirov ham regulyator raisining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bungacha u Kredit tashkilotlari faoliyatini tartibga solish metodologiyasi departamenti rahbari lavozimida ishlagan.

Shu bilan birga, Nusratulla Fazilov ham Markaziy bank raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U ilgari Banklarni prudensial nazorati departamentiga rahbarlik qilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling