Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirobod tumani boʻlimi va DXX xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro J.K. fuqaro A.S.ning ishonchiga kirib, unga goʻyoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 3 000 AQSH dollari evaziga Samarqand viloyatidagi tijorat banki filialidan 100 000 AQSH dollari miqdorida kredit olib berishini aytib, shundan 1 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Jizzax viloyati boshqarmasi va DXX xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro E.Sh. fuqaro F.B.ga goʻyoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Toshkent viloyatidagi tijorat banki filialidan 100 mln soʻm imtiyozli kredit olib berishi evaziga 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling