Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti Aviatsiya xavfsizlik xizmati qo‘riqlash bo‘linmasi nazoratchisi fuqaroni aeroportda faoliyat yurituvchi mansabdor tanishlari orqali Qo‘riqlash bo‘linmasi nazoratchisi lavozimiga ishga kiritib qo‘yishini aytgan.
Buning evaziga u 500 dollar talab qiladi. O‘tkazilgan tezkor tadbirda ushbu nazoratchi talab qilingan 500 dollarni olgan vaqtida ushlandi.
Dastlabki surishtiruv davomida, mazkur shaxs aeroportga ishga joylab qo‘yish uchun 10 ga yaqin fuqarodan 500-1000 dollar olganligiga iqror bo‘ldi.
Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Hozirda ushbu shaxsdan jabr ko‘rgan boshqa fuqarolarni aniqlash yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.