Ispaniya – ilk finalchi. Fransiya bilan o‘yin shahri

Jahon chempionati yarim finalida Ispaniya terma jamoasi Fransiyani 2:0 hisobida mag‘lub etdi.

Ispaniya Jahon chempionati yarim finalida Fransiyani 2:0 hisobida mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi. 

Luis de la Fuente shogirdlari o‘yin davomida to‘p nazorati va taktik intizom borasida raqibidan ustun keldi, Fransiya esa o‘zining kuchli hujum chizig‘ini deyarli namoyon qila olmadi. 

Hisob 22-daqiqada ochildi. Lamin Yamalga nisbatan ishlangan qoidabuzarlikdan keyin tayinlangan penaltini Mikel Oyarsabal aniq ijro etdi. 

Ikkinchi bo‘limda esa Dani Olmo bilan chiroyli kombinatsiyani yakunlagan Pedro Porro Ispaniyaning ustunligini ikki to‘pga yetkazdi. Yamal yana bir bor darvozani ishg‘ol qildi, ammo gol ofsayd sabab inobatga olinmadi. 

Fransiyada Kilian Mbappe, Usmon Dembele va Maykl Olise ishtirok etgan hujum chizig‘i Ispaniya himoyasini jiddiy qiyinchilikka sola olmadi. 

Rodri va Fabian Ruis markazda o‘yin tempini nazorat qildi, ispanlar esa raqibga xavfli vaziyatlar yaratish imkonini deyarli bermadi. 

Bu g‘alaba bilan Ispaniya ketma-ket 37-o‘yinida mag‘lub bo‘lmadi va Jahon chempionati finaliga chiqdi. Fransiya esa uchinchi o‘rin uchun bahsda maydonga tushadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling