Jazirama sabab Toshkent metrosining yer usti yo‘nalishlarida poyezdlar tezligi cheklanadi

Cheklov 15-iyuldan joriy etilib, poyezdlar harakat intervali 14 daqiqagacha uzayishi mumkin.

15-iyuldan boshlab Toshkent metrosining yer usti yo‘nalishlarida poyezdlar harakati tezligi vaqtincha cheklanadi. Bu haqda Toshkent metropoliteni xabar berdi.

Qayd etilishicha, anomal issiq ob-havo sabab yer usti temir yo‘l relslari harorati me‘yoriy 55 darajadan oshib ketmoqda. 

Shu munosabat bilan amaldagi yo‘riqnomaga muvofiq poyezdlar tezligi har kuni soat 18:00 gacha 60 km/soatdan 40 km/soatgacha pasaytiriladi.

Vaqtinchalik cheklov sabab poyezdlar harakat intervali qisman o‘zgarib, ularning kelish vaqti 14 daqiqagacha uzayishi mumkin.

Mazkur cheklov faqat yer usti metro yo‘nalishlarida amal qiladi va yer osti yo‘nalishlariga tatbiq etilmaydi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling