Bugun kunduzi respublika hududining katta qismida yog‘ingarchiliksizob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va kechqurun Toshkent viloyatida ba‘zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Havo harorati 30-33 daraja atrofida, janubda va cho‘l hududlarda 35-37 darajagacha bo‘ladi.
4-iyul kuni faqat Farg‘ona vodiysida, shuningdek kechasi va ertalab Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida qisqa mudatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Havo harorati deyarli o‘zgarmaydi.
5-iyul kuni O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati ko‘tarila boshlaydi va kunduzi havo 34-37 darajagacha, janubda 39 darajagacha isiydi.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, 3-iyulda shamolda va cho‘l hududlarda15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
3-4-iyul kunlari tog‘ oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Toshkentda bugun kun davomida yog‘ingarchilik kutilmaydi, kechqurun qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat 31-33 daraja bo‘ladi.
4-iyul kuni kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kunduzi 31-33 daraja bo‘ladi.
5-iyul kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzgi harorat 34-36 darajagacha ko‘tariladi. Harorat kechalari 18-23 daraja atrofida bo‘ladi.
Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 10 m/s gacha kuchayishi mumkin.