Ish haftasi davomida O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va iliq ob-havo kuzatiladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Faqat eng chekka shimoliy hududlarda 14-oktabr kunlari qisqa muddati yomg‘ir yog‘adi.
Harorat foni kechalari 10-13 daraja atrofida, ba‘zi joylarda 15 darajagacha, kunduz kunlari 25-28 daraja, janubda 30-33 darajagacha bo‘ladi, bu o‘rtacha iqlim me‘yoridan yuqoridir.
13-14-oktabr kunlari shimolda va cho‘l hududlarda ba‘zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda: havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
Harorat asosan kechasi 10-13, kunduzi 25-28 daraja bo‘ladi.