Oʻzbekistonning shimoliy hududlariga 13-oktyabr kuni, 14-17-oktyabr kunlari respublikaning qolgan hududlariga sovuq va nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda Oʻzgidromet xabar berdi.
13-17-oktyabrda havo harorati kechalari 3-8 daraja iliqqacha, respublika shimolida baʼzi joylarda 0-2 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 13-18 daraja iliqqacha asta-sekin pasayadi.
13-15-oktyabr kunlari respublika boʻyicha baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, togʻ oldi va togʻli hududlarda baʼzi joylarda kuchli yomgʻir yogʻishi mumkin, baland togʻlarda yomgʻir qorga aylanadi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling