Yuqorichirchiq tumanning “Farovon” MFYda joylashgan xonadonda 70 sotixlik hududda 2 ta issiqxonaning gaz jihozlari hech qanday loyiha hujjatlarisiz tabiy gazdan noqonuniy foydalanib kelinayotgani aniqlandi.
Xonadondagi elektron gaz hisoblash uskunasi tekshirilganda mazkur hisoblagich roʻyxatdan oʻtkazilmagani va taʼminot korxonasi bilan tegishli shartnoma tuzilmaganligi maʼlum boʻldi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga koʻra davlat manfaatlariga 649 mln soʻmlik zarar yetkazganligi maʼlum boʻldi.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling