Toshkent viloyati va poytaxtda dudburondan foydalanish qoidalarini buzgan 95 ta issiqxona faoliyati toʻxtatildi

Yana 49 ta issiqxona egalariga maʼmuriy jarimalar qoʻllanildi

​​Toshkent viloyati va Toshkent shahrida atmosfera havosining ifloslanish darajasini kamaytirish maqsadida oʻrganish oʻtkazildi, deb xabar berdi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Oʻrganishda jami 607 ta issiqxonalar tekshirilib, ularning 376 tasi faoliyat yuritayotganligi va 231 tasi mavsum emas (qozonxonasi mavjud emas)ligi sababli faoliyatini vaqtincha toʻxtatganligi aniqlandi.

Oʻrganishda dudburondan foydalanish qoidalarini buzgan jami 49 ta issiqxona egalariga maʼmuriy jarimalar qoʻllanildi hamda 95 tasining faoliyati toʻxtatildi.

Faoliyat yuritib kelayotgan issiqxonalar egalariga ekologik talablarga javob beradigan chang-gaz tozalash uskunalarini oʻrnatish, rezina qoldiqlari va boshqa chiqindilarni yoqilgʻi sifatida foydalanmaslik yuzasidan ogohlantirishlar berildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling