Ertadan Oʻzbekistonga sovuq va nam havo massalari kirib keladi

Havo harorati asta-sekin pasayadi

Oʻzbekiston hududiga 5-8-noyabr kunlari sovuq va nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda.

Havo harorati asta-sekin pasayadi va 7-8-noyabrda kechalari 0-5 daraja iliqni, baʼzi joylarda 3 daraja sovuqqachani, kunduz kunlari 5-10 daraja iliqni tashkil etadi.

Respublikaning ayrim hududlarida shamol tezligi13-18 m/s gacha, shimolda va choʻl hududlarda 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkin.

5-6-noyabr kunlari respublika boʻyicha vaqti-vaqtibilan yomgʻir yogʻadi, togʻlarda qorga aylanadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi.

Oʻzbekistonning togʻ oldi va togʻli hududlarida 5-7-noyabr kunlari sel-suv toshqin hodisalari yuzagakelishi mumkin. Respublika hududi boʻyicha yomgʻir suvlari toʻplanishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling