4-noyabr kuni soat 07:00 larda Toshkent viloyati Ohangaron tumani hududidan oʻtgan D 017 “Olmaliq-Toshkent” avtomobil yoʻlining 27 kilometrida Cobalt yonib ketdi.
Haydovchi D.B boshqaruvidagi Cobaltʻni Olmaliq-Toshkent yoʻnalishida boshqarib kelayotgan vaqtida ushbu joyda qayrilib olish mumkin boʻlgan joydan qayrilib olayotgan haydovchi O.D boshqaruvidagi “Isuzu” avtobusi bilan toʻqnashuv sodir etgan.
Toʻqnashuvdan soʻng, avtoulovlarda qisqa tutashuv sodir boʻlganligi sabablida yongʻin kelib chiqqan.
Oqibatda Cobalt haydovchisi tan jarohati olib, tuman markaziy shifoxonasiga murojaat qilgan.
Hozirda holat yuzasidan Ohangaron tumani IIB hodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling