Oʻzbekistonga 380 mln soʻmlik zargarlik buyumlarini yashirincha olib oʻtishga uringan shaxs toʻxtatildi

Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda

Oʻzbekistonga oʻtish uchun “Gʻishtkoʻprik” chegara bojxona postiga piyoda holda kirib kelgan fuqaro shaxsiy koʻrikdan oʻtkazildi.

Shaxsiy koʻrik natijasida fuqaroning oyogʻi va ichki kiyimlariga skotch bilan oʻrab yashirilgan umumiy ogʻirligi 450 gramm zargarlik buyumlarini fosh etildi.  

Dastlabki hisob kitoblarga, zargarlik buyumlarining qiymati 380 mln soʻmni tashkil qilmoqda.

Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling