Bosh vazir oʻrinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qoʻchqorovga “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan iqtisodchi” faxriy unvoni berildi.
Prezident farmoni bilan davlat idoralaridagi koʻp yillik samarali mehnati, mamlakatimiz mustaqilligi va uning iqtisodiy qudratini mustahkamlash, moliya tizimini xalqaro andozalar asosida rivojlantirish va yangi bosqichga koʻtarish, muhim dasturlar va investitsiya loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish borasidagi katta xizmatlari, yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yuksaltirishga qoʻshayotgan munosib hissasi, sohada malakali kadrlarni tayyorlash yoʻlidagi ibratli faoliyati uchun unvon berilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling