Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan ayrim qonunlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Qonun bilan Oʻzbekiston Qurolli Kuchlarida va huquqni muhofaza qiluvchi organlarda xizmatni oʻtash bilan bogʻliq cheklovlar belgilashni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Jumladan, harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlariga tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishga, oʻz xizmat vakolatlarini jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini koʻzlab bajarish yoki bajarmaslik evaziga ulardan biron-bir mukofot, foyda yoki sovgʻalar olishga, qonunchilikda nazarda tutilmagan imtiyozlardan, preferensiyalar yoki afzalliklardan oʻz xizmat mavqei bilan bogʻliq holda foydalanishga doir taqiqlar belgilanmoqda.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran bir oy oʻtgach kuchga kiradi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling