O‘FA taklifiga ko‘ra, FIFA prezidenti Janni Infantino “CAFA Nations Cup 2025” musobaqasining final uchrashuvini stadiondan kuzatish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
Taʼkidlanishicha, tashkilot rahbari O‘zbekistonda futbolni yana-da rivojlantirishga doir loyihalarni muhokama qiladi va Milliy futbol markazi bilan yaqindan tanishadi.
FIFA delegatsiyasini Toshkent xalqaro aeroportida sport vaziri, MOQ raisining birinchi o‘rinbosari, O‘FA birinchi vitse-prezidenti va rasmiylar kutib oldi.