Futbol boʻyicha Jahon Chempionati saralashi doirasida Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Eronga qarshi maydonga tushdi.
16-daqiqada Hojimat Erkinov hisobni ochdi. Birinchi boʻlimda koʻplab vaziyatlar yaratilgan boʻlsa ham, ulardan jamoalar unumli foydalana olmadi.
Ikkinchi boʻlim avvalida Taremining goli hisobni tenglashtirdi. Oradan 1 daqiqa oʻtgach Abbos Fayzullayevning jarima zarbasidan yoʻllagan toʻpi esa darvoza toʻridan joy oldi.
83-daqiqaga kelib Taremi yana hisobni tenglashtirdi.