Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatining Kogon tumanida bir erkak tomonidan ayol kishi va yigit pichoqlangani haqida videolavhalar tarqaldi. Holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot xizmati Repost.uzʻga izoh berdi.
Maʼlum qilinishicha holat 13-oktyabr kuni soat 13:10 larda sodir boʻlgan.
53 yoshli A.G. avvaldan mavjud boʻlgan kelishmovchilik oqibatida tanishlari — 61 yoshli ayol N.A. va 29 yoshli yigit U.D.ni qasddan oʻldirish maqsadida tanalarining turli sohalariga oshxona pichogʻi bilan urgan.
Oqibatda yigit olgan tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan. Ayolga zarur tibbiy yordam koʻrsatilmoqda.
Holat yuzasidan Kogon shahar prokuraturasi tomonidan fuqaro A.G.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi (Qasddan odam oʻldirish) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, u protsessual tartibida ushlangan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling