Jizzax shahrining Nurliobod mahallasidan o‘tgan A376 xalqaro avtomobil yo‘lida 18-mart kuni yuk mashinasi yo‘lovchi mikroavtobus bilan to‘qnashdi. Bu haqda viloyat YHXB matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, harakatlanib kelayotgan yuk avtomashinasi o‘zi bilan bir yo‘nalishda chapga burilmoqchi bo‘lgan Lacetti va qarama-qarshi tomonda kelayotgan yo‘lovchi mikroavtobus bilan to‘qnashgan.
Hodisa oqibatida 1 nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan, 15 nafar fuqaro Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filialiga olib borilgan.
Ko‘rsatitlgan yordamlarga qaramasdan yana 2 nafar fuqaro shifoxonada vafot etgan.