Jizzax shahriga 22 dona ZONG TONG rusumli zamonaviy avtobuslar olib kelindi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur avtobuslar Jizzax shahri ichki yo‘nalishlariga brutto-shartnoma asosida biriktirilib, jamoat transporti tizimini yana-da takomillashtirishga xizmat qiladi.
Mart oyida 30 dona ZHONG TONG rusumli, aprel oyida 8 dona ANKAI rusumli avtobuslar Jizzax shahriga olib kelingan edi.
Shuningdek, yil yakuniga qadar Jizzaxga qo‘shimcha ravishda yana 30 dona zamonaviy avtobusni olib kelish rejalashtirilgan.