Samarqandda O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Italiya bosh vaziri Jorja Melonini rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Kongress markazi oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortdi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy qarshi olib, shohsupaga taklif etdi.
Harbiy orkestr ikki davlat madhiyalarini ijro etdi. Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini qutladilar.
Shundan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.