Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlib kirish boʻyicha AQSH bilan muzokaralari yakunlangani rasman eʼlon qilindi.
Amerika Qoʻshma Shtatlari Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlish yoʻlida olib borayotgan harakatlari doirasida tovarlar va xizmatlar boʻyicha ikki tomonlama bozorga kirish muzokaralarining yakunlanganini eʼlon qilishdan mamnun, deyiladi AQSH Savdo vakili Ketrin Tayning bayonotida.
Bayden-Harris maʼmuriyati Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkiloti (JST)ga aʼzo boʻlishi boʻyicha doimiy saʼy-harakatlarini eʼtirof etgan.
Bayonotda qayd etilishicha, Oʻzbekiston 1994-yilda JSTga aʼzo boʻlish uchun ariza bergan va 2020-yildan buyon bu yoʻnalishda faol ish olib bormoqda.
“Oʻzbekistonning muzokaralarga jiddiy kirishgani soʻnggi ikki yilda, shu jumladan, ikki tomonlama muzokaralarimizning muvaffaqiyatli kechishida muhim omil boʻldi”, deyiladi bayonotda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling