Oʻzbekiston Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish boʻyicha Pokiston va Tailand bilan ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi.
Pokistonning JSTdagi doimiy vakili Ali Sarfraz Husayn shunday yozmoqda:
“Ushbu protokol [bozorga kirish boʻyicha muzokaralarni yakunlash toʻgʻrisida] qardosh mamlakatni Jahon savdo tashkilotiga (JST) aʼzolikka yanada yaqinlashtiradi”.
Shuningdek, Tailandning JSTdagi vakili Pimchanok Pitfild ham Oʻzbekistonning tashkilotga aʼzo boʻlishi toʻgʻrisidagi protokolni imzolaganini maʼlum qildi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling“Biz Oʻzbekistonning koʻp tomonlama savdo tizimiga tezroq qoʻshilishini intiqlik bilan kutyapmiz va ishonamizki, JST oilasiga aʼzolik Oʻzbekistonga koʻproq savdo va investitsiyalar olib keladi. Ikki tomonlama darajada bu mavjud savdo aloqalarini mustahkamlash va kelajakda xalqlar oʻrtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga intilishimizning tasdigʻidir”, — dedi u.