3-noyabr kuni soat 19:14 da Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur koʻchasida kabel oʻtkazish maqsadida qazilgan 2,5 metrli chuqurlikka fuqaro oʻz ehtiyotsizligi oqibatida tushib ketganligi va uni olib chiqishda amaliy yordam soʻrab, FVBga xabar tushgan.
Qutqaruvchilar zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borib, maxsus qutqaruv asbob-anjomlari yordamida fuqaroni chuqurlikdan chiqarib olgan va tez tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan.
Hozirda fuqaroning ahvoli yaxshi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling