Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisidagi qonun qabul qilindi

Vazirlar Mahkamasi oʻz faoliyatida Oliy Majlis va Prezident oldida javobgardir

“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi.

Unga koʻra, Vazirlar Mahkamasi – ijro etuvchi hokimiyatning oliy organi boʻlib, iqtisodiyotning, ijtimoiy va maʼnaviy sohalarning samarali faoliyat koʻrsatishiga rahbarlik qilishni, Konstitutsiya va qonunlar, Oliy Majlis palatalari qarorlari, Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini taʼminlaydi.

Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekistonda ijro etuvchi hokimiyatning yagona tizimiga rahbarlik qiladigan kollegial organdir. 

Vazirlar Mahkamasi oʻz faoliyatida Oliy Majlis va Prezident oldida javobgardir. 

Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining yaxlit tizimiga vazirliklar, qoʻmitalar, agentliklar va inspeksiyalar kiradi.

Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Hukumatining aʼzolari – Bosh vazir, uning oʻrinbosarlari va vazirlardan iboratdir. Qoraqalpogʻiston Respublikasi hukumatining boshligʻi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga oʻz lavozimi boʻyicha kiradi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling