Toshkent viloyatida kadastr xodimi pora bilan qo‘lga olindi

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Toshkent viloyatida kadastr xodimining noqonuniy harakati fosh etildi, deb xabar berdi DXX.

Maʼlum qilinishicha, Davlat kadastrlar palatasining Oqqo‘rg‘on tuman filiali kadastr muhandisi fuqaro tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan 9 sotix yerga qonun doirasida egalik guvohnomasini rasmiylashtirib, uy-joy qurish uchun ruxsat olib berish evaziga 1200 dollar talab qiladi.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda kadastr muhandisi so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi (Firibgarlik uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa) va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling