Sherobod tumanida 1 gektar yer maydonini elektron auksion savdolarga qoʻyib olib berishini vaʼda qilgan yetakchi mutaxassis ushlandi, deb xabar berdi Bosh prokuratura huzuridagi Departament.
Kadastr agentligining tuman boʻlimi yetakchi inspektori R.B. fuqaro A.A.ning ishonchiga kirib, unga dehqon xoʻjaligi tashkil etish uchun “Qorabogʻ” mahallasi hududidan 1 gektar yer maydonini 120 mln soʻm evaziga tanishlari orqali elektron auksion savdolarga qoʻyib olib berishini vaʼda qilgan.
R.B.ning yaqin qarindoshi ushbu pullar hisobidan 20 mln soʻmni uning topshirigʻiga asosan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling