Oʻzbekistonda kadrlar tayyorlaydigan yagona texnikumlar tarmogʻi tashkil etiladi

Prezidentning “Kasbiy taʼlimda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro taʼlim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilindi

Prezidentning “Kasbiy taʼlimda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro taʼlim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilindi.

Farmonga koʻra, kasbiy taʼlim tashkilotlarining amaldagi turlari maqbullashtirilib, kasbiy taʼlimning barcha darajalari boʻyicha kadrlar tayyorlaydigan yagona texnikumlar tarmogʻi tashkil etiladi.

Texnikumlarda:

— kadrlar tayyorlash Taʼlimning xalqaro standart tasniflagichi va Oʻzbekiston milliy malaka tizimi talablariga mos ravishda tashkil etiladi;

— boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus kasbiy taʼlim dasturlari boʻyicha kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi, shuningdek, malaka va kompetensiyalar boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil etiladi;

— boshlangʻich kasbiy taʼlim dasturlari boʻyicha kadrlar tayyorlash umumiy oʻrta taʼlim tashkilotining 9-sinfini tamomlagan oʻquvchilar uchun – davlat granti asosida amalga oshiriladi;

— oʻrta va oʻrta maxsus kasbiy taʼlim dasturlari boʻyicha kadrlar tayyorlash davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida tashkil etiladi;

— oʻrta maxsus kasbiy taʼlim dasturlarining bitiruvchilariga oʻzlashtirgan modullari, toʻplagan kreditlari va oliy taʼlim tashkiloti tomonidan belgilangan ballar oʻrtacha qiymatidan (GPA) kelib chiqib, bakalavriatning tegishli bosqichidan oʻqishni davom ettirishga ruxsat etiladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling