Toshkent shahrida avtobuslarda 2025-yil 1-yanvardan boshlab naqd pul qabul qilish amaliyoti toʻxtatiladi.
Transport vazirligi naqd pul orqali avtobusda harakatlanmoqchi boʻlgan yoʻlovchilar qanday yoʻl tutishi kerakligini maʼlum qildi.
Maʼlum qilinishicha, naqd pul orqali avtobuslarda harakatlanish uchun, Toshkent shahridagi bekatlarda va ular yaqinida oʻrnatilgan barcha toʻlov qurilmalari yaʼni, Paynet, MultiPay va Oson infokiosklari orqali bir martalik chipta xarid qilish kerak boʻladi.
Yoʻl haqini tez va arzon toʻlash uchun esa elektron toʻlov tizimlaridan foydalanish tavsiya etilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling