Toshkentdagi supermarketlarda qaysi turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxi oshgani va pasaygani maʼlum qilindi

7 nomdagi mahsulotning eng past narxlari oʻzgarishsiz qolgan

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari 2025-yilning fevral oyida Toshkent shahridagi yirik supermarketlarda 21 nomdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxining oʻzgarishini koʻrib chiqdi.

Monitoring natijalari 6 nomdagi mahsulot boʻyicha minimal narxlar oʻtgan oydagiga nisbatan pasayganligini koʻrsatdi.

Shunday qilib, kartoshkaning minimal narxi 26,1 foiz, qizil sabziniki 11,3 foiz, lavlaginiki 8,2 foiz, tuxumniki 7,8 foiz, sutniki 0,9 foiz, shakarniki 0,4 foiz pasaygan. Oʻtgan oyda kartoshka narxi oshganidan keyin Pokistondan kartoshka import qilindi va bu uning narxi pasayishiga olib keldi.

8 nomdagi mahsulot boʻyicha minimal narxlar oshgan. Ayniqsa, oqbosh karam narxida eng katta oʻsish qayd etildi. Bu mavsumiy omil bilan bogʻliq.

Bodring narxi ham sezilarli darajada oshgan, ammo oʻtgan yilning shu davridagiga nisbatan 30,0 foiz arzon.

7 nomdagi mahsulotning eng past narxlari oʻzgarishsiz qolgan. Bular - bugʻdoy uni, guruch, grechka, makaron, olma, banan, tovuq goʻshti (file).

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling