Parkent tumanida yashovchi N.O. 6-noyabr kuni tuman IIBga murojaat qilib, unda 23 yoshli turmush oʻrtogʻi O.H. tunda yashash uyidan nomaʼlum tomonga chiqib ketib, qaytib kelmaganligini maʼlum qilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati Repost.uz'ga xabar berdi.
Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, 10-noyabr kuni bedarak yoʻqolgan ayolning murdasi Yuqorichirchiq tumanidagi “Qorasuv” kanalida choʻkib ketgan holda topilgan.
Hozirda tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling