Elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida taʼmirlash ishlarini olib borish maqsadida 22-oktyabr kuni ikki tumanda elektr taʼminoti vaqtincha oʻchiriladi. Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu hududlar:
Yunusobod tumani: “Sharq haqiqati”, “Katta Hasanboy”, “Islomobod”, “Adolat”, “Uchqahramon” hamda “Nurmakon” MFYlarining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 18:00 gacha;
Bektemir tumani: “Bektemir”, “Ustozlar”, “Sohil” hamda “Abay” MFYlarining ayrim hududlarida soat 12:30 dan 14:30 gacha.
Yuqoridagi hududlarda taʼmirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling