Taʼmirlash ishlari tufayli Mirzo Ulugʻbek, Sergeli va Yangihayot tumanlarining quyidagi hududlariga 21-oktabr kuni soat 10:00 dan 16:00 gacha tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF xabar berdi.
Mirzo Ulugʻbek tumani
Aholi isteʼmolchilari soni:
“Zulayho” mavzesidagi 11 ta koʻp qavatli uylardagi 792 ta xonadon
Ulgurji isteʼmolchilar soni: 2 ta
Issiqxona: 1 ta
Sergeli tumani
Aholi isteʼmolchilari soni:
“Yuqori Darxon” MFY Navroʻz va Dilhush koʻchalardagi 315 ta yerli xonadon
Ulgurji isteʼmolchilar soni: 4 ta
Yangihayot tumani
Aholi isteʼmolchilari soni:
“Past Darxon” MFYdagi 208 ta yerli xonadon
Ulgurji isteʼmolchilar soni: 5 ta
Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.
Shuningdek, isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida taʼmirlash ishlarini olib borish maqsadida ertaga, 21-oktabr kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha oʻchiriladi:
Olmazor tumani: “Sebzor”, “Yangi Sebzor”, “Yuqori Sebzor”, “Xastimom”, “Eski shahar”, “Qoʻshtut” hamda “Tepaguzar” MFYlarining ayrim hududlarida soat 01:00 dan 05:00 gacha.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling