Milliy sertifikat imtihonda test savollari va javoblarini olib berishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda

Jizzax shahrida kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat olish uchun test savollari va javoblarini olib berishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi, deb xabar berdi Bosh prokuratura huzuridagi Departament.

Maʼlum qilinishicha, fuqaro R.M. Jizzax shahridagi “E.” oʻquv markazida oʻquvchi abituriyentlarga oliy oʻquv yurtlariga kirishi uchun kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat olish uchun test savollari va javoblarini olib berishni vaʼda qilgan.

Buning evaziga oʻquv markazi xodimi Sh.X.dan firibgarlik yoʻli bilan 156 mln soʻm va 8 ming dollar olgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling