Kimyo yoʻnalishi boʻyicha Nobel mukofoti “oqsillarni hisoblash orqali loyihalagani” uchun David Beykerga va “oqsillar tuzilishini oldindan aniqlagani” uchun Demis Hassabis va Jon M. Jamperga taqdim etildi.
Xabar qilinishicha, Hassabis va Jamper sunʼiy intellektdan muvaffaqiyatli foydalangan holda, deyarli barcha maʼlum boʻlgan oqsillarning tuzilishini oldindan prognoz qilgan.
Beykerning ishi esa mutlaqo yangi oqsillarni yaratish imkonini beradi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling