Abat Fayzullayev Oʻzbekistonning Kiprdagi birinchi elchisi etib tayinlandi

Oʻzbekiston va Kipr oʻrtasidagi diplomatik munosabatlar 1997-yil 30-mayda oʻrnatilgan.

Oʻzbekistonning yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Abat Fayzullayev (qarorgohi Rim shahrida joylashgan) Kipr prezidenti Nikos Xristodulidisga ishonch yorliqlarini topshirdi, deb xabar berdi “Dunyo” AA.

Kipr yetakchisi xorijiy diplomatlardan ishonch yorliqlarini qabul qilish marosimidagi nutqida yangi elchilarni samimiy qutlab, ularga oʻz vazifalarni amalga oshirishda muvaffaqiyatlar tiladi, shuningdek, ikki va koʻp tomonlama munosabatlarni rivojlantirishda munosib hissa qoʻshishiga umid bildirdi.

Kipr prezidenti Oʻzbekiston bilan munosabatlar istiqbollariga alohida toʻxtaldi. “Oʻzbekiston bilan ikki tomonlama, shuningdek Yevropa Ittifoqi doirasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratamiz” – dedi Nikos Xristodulidis.

Oʻzbekiston va Kipr oʻrtasidagi diplomatik munosabatlar 1997-yil 30-mayda oʻrnatilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling