Qashqadaryo viloyatining Koʻkdala tumanida isitish tizimini taʼmirlashda 934,4 mln soʻmni oʻzlashtirgan MCHJ rahbari aniqlandi, deb xabar berdi Bosh prokuratura huzuridagi Departament.
“S-TH.” MCHJ masʼul shaxslari va boshqalar oʻzaro til biriktirib, tumandagi ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimida bajarilgan qurilish-taʼmirlash ishlarida rasmiy hujjatlarga amalda bajarilmagan ishlarni qoʻshib yozish orqali jami 934,4 mln soʻm byudjet mablagʻlarini hamda ushbu ijtimoiy soha obyektlarini isitish uchun olib kelingan 79 tonna koʻmirni talon-toroj qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling