“Koʻmir taʼminot” MCHJning Namangan shahri koʻmir ombori masʼul shaxslari kuz-qish mavsumida imtiyozli narxlarda aholiga yetkazib berish uchun ajratilgan umumiy bahosi 4,1 mlrd soʻmlik jami 13,3 ming tonna koʻmirni boshqa shaxslarga sotib yuborib, talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Shu kabi, “Koʻmir taʼminot” MCHJning Bogʻot tumani koʻmir ombori kassiri S.K. haydovchisi E.O. va ombor qorovuli K.M. umumiy bahosi 85,5 mln soʻmlik 276 tonna koʻmirni ombordan yashirincha olib chiqib, shundan 900 kg. koʻmirni fuqaro M.X.ga 1 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Shuningdek, ushbu koʻmir omborida 345,8 tonna koʻmir kamomadi aniqlangan.
“I.T.S.” MCHJ masʼul shaxslari Taxtakoʻpir va Shumanay tumanlaridagi ijtimoiy soha obyektlarini issiqlik energiyasi bilan uzluksiz taʼminlash maqsadida koʻmir xarid qilish uchun byudjetdan ajratilgan 1,4 mlrd soʻm mablagʻlarning 340,8 mln soʻmini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling