Andijon viloyati, Ulugʻnor tumani, “Yangiobod” MFY hududida joylashgan yuqori bosimli gaz quvuriga 25-noyabr tongida yuk mashinasi urildi.
Buning natijasida gaz sizib chiqish holati kuzatilgan.
Yuzaga kelgan avariya holatini bartaraf etish maqsadida 07:10 dan Ulugʻnor tumanidagi 3200 ta xonadon va 9 ta ulgurji isteʼmolchilarda tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatilgan.
Avariya holati bartaraf etilishi bilan gaz taʼminoti qayta tiklanadi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling