Qarshi shahrida faoliyat yuritayotgan “Sh.H.N.” oliyaviy korxonasiga qarashli nonvoyxonada hisoblagichdan tashqari toʻgʻridan toʻgʻri tarmoqqa ulanib, 2 dona gaz soʻrgich uskunasidan foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga koʻra gaz taʼminoti korxonasiga 68,8 mln soʻmlik zarar yetkazilganligi maʼlum boʻldi.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling