Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning 1-oktyabr holatiga respublikamizning doimiy aholisi 37,4 mln kishini tashkil etgan.
Respublikaning doimiy aholisi soni oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,1 foizga oshgan.
Mamlakat aholisi 2024-yil boshidan buyon 555,6 ming kishiga koʻpaygan. Oʻzbekiston aholisi 2024-yilning har bir oyida oʻrtacha 61,7 ming kishiga oshgan.
2024-yilning har bir kunida doimiy aholi soni oʻrtacha 2 ming kishiga koʻpaymoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling