22-oktyabr kuni respublika hududining katta qismida yomgʻir yogʻadi, shamol baʼzi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Bu haqda Oʻzgidromet xabar berdi.
Kunduzgi harorat 15-20 darajagacha pasayadi. Chorshanba va payshanba kunlari faqat respublikaning janubiy va sharqiy hududlarida yomgʻir yogʻishi ehtimoli bor. Oʻzbekiston boʻyicha eng jadal yomgʻirlar 25 oktabr kuni prognoz qilinmoqda.
Havo harorati 23 oktabrda kechasi 8-13 daraja, kunduzi 10-15 daraja, 24 oktabrda kechasi 5-10 daraja, kunduzi 12-17 daraja, 25 oktabrda kechasi 5-10 daraja, kunduzi 14-19 daraja boʻladi.
22 oktabrdan 25 oktabrgacha respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi kutilmoqda, 23-25 oktabrda ayrim hududlarda baʼzi joylarda kuchli yomgʻir yogʻishi mumkin, baland togʻli hududlarda qorga aylanadi.
Toshkent shahrida ertaga kechga tomon vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-13 daraja, kunduzi 17-19 daraja boʻladi.
23-24 oktabrda yomgʻir yogʻishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 23 oktabrda kechasi 11-13 daraja, kunduzi 13-15 daraja, 24 oktabrda kechasi 8-10 daraja, kunduzi 15-17 daraja boʻladi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling