Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yolga impichment eʼlon qilindi

Deputatlardan 204 nafari qarorni maʼqullagan

Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yolga impichment eʼlon qilindi. Mamlakat parlamenti impichmentni yoqlab ovoz berdi.

Deputatlardan 204 nafari qarorni maʼqullagan boʻlsa, 85 kishi qarshi chiqdi va yana 3 ta betaraf ovoz berildi.

Endi 180 kun ichida parlament qarori mamlakat Konstitutsiyaviy sudi tomonidan koʻrib chiqilishi va tasdiqlanishi kerak.

Shu bilan birga, prezident bu muddat uchun allaqachon oʻz vazifasidan chetlatiladi.

Avvalroq Janubiy Koreya prezidenti harbiy holat joriy etib, parlamentni tarqatishga uringan edi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling