Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Namanganda fuqarolarni Koreya va Slovakiyaga ishga yuborishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Namangan shahrida xorijiy davlatlarga ishga yuborishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.

Taʼkidlanishicha, fuqaro M.A. fuqarolar M.S. va A.K.ning ishonchiga kirib, 2 ming dollar evaziga Koreyaga ishga yuborishini aytgan. U oldindan 1 000 dollarni olgan vaqtida ushlandi.

Shuningdek, fuqaro R.M. fuqaro M.B.ni 40 mln so‘m evaziga Slovakiyaga ishga yuborishi uchun kelishilgan pullardan 600 dollar va 2,8 mln so‘mni olgan vaqtida qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling