Samarqandda elektr va gaz korxonalarining korrupsiyada ayblanayotgan 7 nafar xodimi yigʻilishda qamoqqa olindi

Yigʻilishni Bosh prokuror oʻrinbosari Sh.Aminov oʻtkazgan

Bosh prokuror oʻrinbosari Sh.Aminov rahbarligida 14-fevral kuni Samarqand viloyatida energetika sohasida sodir etilayotgan korrupsion holatlar hamda tizimni “korrupsiyasiz soha”ga aylantirish boʻyicha tanqidiy yigʻilish oʻtkazildi.

Unda, “Hududiy elektr tarmoqlari” va “Hududgaztaʼminot” aksiyadorlik jamiyatlari Samarqand viloyati hamda tumanlar va shaharlar filiallari xodimlari, shuningdek, boshqa masʼullar ishtirok etdi.

Yigʻilish jarayonida taʼminot korxonalarining korrupsiyaviy jinoyatlarni sodir qilganlikda ayblangan 7 nafar xodimiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanildi.

Shuningdek, yigʻilish soʻngida sohadagi korrupsiyaviy holatlarning oldini olish maqsadida taʼminot korxonalari rahbarlariga sohada keskin oʻzgarishlar qilish, ijro va mehnat intizomini qatʼiy taʼminlash, ayniqsa, xodimlar oʻrtasida profilaktika choralarini yanada kuchaytirish boʻyicha topshiriqlar berildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling