Namangan shahrida o‘tkazilgan nazorat tadbirida “S.F.” xususiy korxonasiga qarashli noturar binoda elektr qurilmalari hisoblagichni chetlab o‘tgan holda tarmoqqa noqonuniy ulanganligi aniqlandi. Bu haqda O‘zenergoinspeksiya xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu qoidabuzarlik oqibatida elektr ta‘minoti korxonasiga 11 mlrd 80 mln so‘mlik zarar yetkazilgan.
Holat yuzasidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilgan.