Toshkent xalqaro aeroporti orqali xorijiy mamlakatga uchib ketayotgan fuqaroning qoʻl sumkasi bojxona xodimlari tomonidan koʻzdan kechirilganda, uning ichida bojxona nazoratiga taqdim etilmagan, umumiy ogʻirligi 187 gramm boʻlgan 6 dona oltin quymasi hamda 7 dona xitoy iyerogliflari tushirilgan tangalar uddaburonlik bilan kosmetika kremi ichiga yashirilganligi aniqlandi.
Shundan soʻng ushbu fuqaro shaxsiy koʻrikdan oʻtkazilganida, uning yonidan ogʻirligi 20 gramm boʻlgan quyma tilla uzuk ham borligi aniqlandi.
Ashyoviy dalil sifatida olingan ushbu buyumlarning umumiy qiymati 223 mln. soʻmni tashkil qildi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling