Qashqadaryo viloyatida yashirin tashkil etilgan ishlab chiqrish sexida 466,5 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi. Bu haqda “Oʻzenergoinspeksiya” matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Koson tumani “Nurafshon” MFYda fuqaro A. J. yashirin tashkil etgan ishlab chiqrish sexidagi qurilmalarni tarmoqqa oʻzboshimchalik bilan ulab, elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga koʻra elektr taʼminoti korxonasiga 466,5 mln soʻmlik zarar yetkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.