Qashqadaryoda 1,7 mlrd soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan fermer xoʻjaligi aniqlandi

Holat yuzasidan tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi

Qashqadaryo viloyatining Koson tumani, "Obron" MFYda joylashgan "M. S." fermer xoʻjaligi 4 ta suv nasos qurilmalarini elektr hisoblagichdan tashqari ulab, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga koʻra elektr taʼminoti korxonasiga 1 mlrd 702 mln soʻmlik zarar yetkazganligi maʼlum boʻldi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling